Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Ana shunday zamonaviy yechimlardan biri bo‘lgan T70 agrodroni ekinlarga ishlov berish jarayonini tezlashtirish va resurslardan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.
T70 agrodroni ekinlarni himoya qilish vositalarini purkash, suyuq o‘g‘itlarni tarqatish hamda dala maydonlarini monitoring qilish kabi vazifalarni yuqori aniqlik bilan bajaradi. GPS navigatsiyasi va avtomatik parvoz tizimi operatorning ishini yengillashtirib, inson omili sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni kamaytiradi.
Ushbu dron yordamida qisqa vaqt ichida katta maydonlarga ishlov berish, kimyoviy vositalar va suv sarfini kamaytirish hamda hosildorlikni oshirish imkoniyati yaratiladi. T70 bugungi kunda zamonaviy fermer xo‘jaliklari uchun ishonchli texnologik yordamchiga aylanmoqda.
